https://fasttyper.itch.io/mindhit Assalomu alaykum! Men 17 yoshli havaskor dasturchi Baxtiyor Bahodirovman ushbu MindHit loyihasi muallifiman. Loyiha asosan maktab o'quvchilarini ya'nayam aniqroq qilib aytadigan bo'lsak 2-7 sinflar oralig'idagi o'quvchilarni qamrab oladi. Sir emaski hozirgi kunda ko'plab yoshlar dars qilishdan ko'ra ko'proq o'yin bilan mashg'ul bo'lishni afzal ko'radilar. Agar darslarni o'yinlarga yoxud o'yinlarni darslarga aylantirsak nima bo'ladi. Ya'ni o'quvchilar ham zerikmaydi, ham vaqtini bekorga ketkazmaydi. To'g'ri, ta'limiy o'yinlarni ko'plari zerikarli bo'ladi. Lekin bunisi emas! Ho'sh endi o'yin haqidagi ma'lumotlarga keladigan bo'lsak Unda asosan zamonimizning dolzarb muammosi ya'ni yosh bolalarni arifmetik hisob kitobga o'rganishga bo'lgan zaif tomonini zamonaviy usulda sayqallashga urg'u berilgan. Global o'lchovlar bilan qaralganda loyiha 3d Endless Run Kategoriyasidan joy oladi.
Hozir esa klaviaturadagi ba'zi boshqarish tugamalari haqida gaplashamiz: Hozircha loyiha professional holatda emas. Ho'sh endi dastur qanday yaratilganiga kelsak:
E'tiboringiz uchun raxmat. Xayr. Sog' bo'ling. Loyiha versiylaridagi o'zgarishlar: v- 0.1 (Hozir yuklab olishingiz mumkin bo'lgani) : O'zgarishlar: [O'yinchilarga uchun] - Bosh menyuda jami ballingizni ko'rinshingiz; - 1 talik yo'l umuman olib tashlandi; - 1 talik yo'l o'rniga 4 talik yo'l qo'shildi; - O'yin qiyinchilik darjalarini tanlash imkoniyati; - Uzun katta devor(dushman)lar umuman olib tashlandi; - Uzun devorlar o'rniga turli kuch darajasiga ega bolgan dushman qo'shildi; - "Qanday o'ynaladi?" deb nomlangan o'yinchiqa o'yin qoidalarini o'rgaruvchi oyna qo'shildi; - O'yinga yangi yorliq berildi; - Dasturga kirish qismidagi Brandlardan "MindHit" olib tashlandi; - O'yinning qiyinlik darajasi oshishi yanayam silliqlandi; - O'yin grafik ko'rinishi oldingidan yaxshilandi. [Dasturiy tomonlama] - Endi oyindagi barcha obyektlar harakati yagona script orqali boshqarilishi; - Animatsiyalarni kod orqali boshqarishdagi yangliklar; - Dushman va O'yinchilarning xususiyatlari alohida alohida scriptlarga ajratildi; - Va yana ko'plab dastur kodidagi yangiliklar To'g'irlangan xatolar: - Pausa holatiga o'yinga qaytilganda o'tilgan o'qning tezlanish olishi; - Kamera silkinish o'chiq paytida ham silkinishi; - Tovushlarni ba'zilari noto'g'ri joyda eshittirilishi; - Numpadni avtomatik ravishda yoqish; - Ba'zi interfeysdagi xatolar to'g'irlandi; - Ba'zi paytlarda avtomatik ravishda Bosh menyuga qaytish; - Va yana bir nechta xato va kamchiliklar to'g'irlandi. * O'yindagi kamchiliklar haqida xabar bergan barchaga katta raxmat! * [Xato va kamchiliklar haqida telegramdagi @brackeys ga yozing.] |